21:13 / 04.03.2021
8009

Xitoy kosmik zondi Marsning yangi fotosuratlarini jo‘natdi

Xitoy missiyasining maqsadi – Marsda hayot izlarini topish hamda uning insonlar tomonidan o‘zlashtirilishi uchun imkoniyatlarni o‘rganish.

Xitoyning Tianwen-1 kosmik zondi Mars orbitasidan turib olingan fotosuratlarni jo‘natdi. Bu haqda Xitoy milliy kosmik boshqarmasi xabar berdi.

Oq-qora tasvirli fotosurat yuqori aniqlikdagi kamera yordamida Mars yuzasidan 330-350 km balandlikda olingan. Unda kraterlar, tog‘ tizmalari va qumli tepaliklar aks etgan.

Foto: CNSA
Foto: CNSA

Rangli fotosurat esa boshqa kamerada olingan va unda Marsning shimoliy qutbi tasvirlangan.

Foto: CNSA

Xitoy missiyasining maqsadi – Marsda hayot izlarini topish hamda uning insonlar tomonidan o‘zlashtirilishi uchun imkoniyatlarni o‘rganish.

Avvalroq NASA Perseverance roverining Marsda olgan rangli fotosuratlarini namoyish etgandi.

Mavzuga oid
Top