«2021 yilning 15 apreliga qadar Ombudsman nomiga xotin-qizlar tomonidan 20ga yaqin jinsiy va jismoniy zöravonlik, ruhiy tazyiq ötkaziş bilan boğliq holatlar böyiça murojaat kelib tuşgan. Ularning aksariyati Surxondaryo va Qaşqadaryo viloyatlariga töğri keladi.

Ularga nisbatan zöravonlik aks etgan raqamlar aslida bundan ham köp bölişi mumkin. Bunga sabab esa özbek ayollarining andişa qilib köp holda zöravonliklarga köz yumişidir», deyiladi xabarda.

Ötkazilgan sörovnoma natijasiga qaralsa, unda iştirok etgan ayollarning 42 foizi özi va farzandlarini boqa olmasligidan qörqib zöravonlikka çidasa, yana 38 foizi boşqalar tomonidan muhokama (gap-söz) bölişdan qörqib zöravonlikka köz yumadi.

Zöravonlik – tazyiq va tahqirlaşlar orqali şaxs ustidan nazorat qilişdir. Ya'ni zöravonlik jabrlanuvçi va uning hayoti ustidan nazorat qilişni ongli ravişda örnatişdir.

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma'lumotlariga köra, 15 va 49 yoşidagi xotin-qizlarning 25 foizidan köproği hayoti davomida jismoniy yoki jinsiy zöravonlikka duç kelişadi. Uşbu zöravonliklarning 33 foizi Janubi-Şarqiy Osiyo hududiga töğri kelmoqda.

Boş prokuratura bergan ma'lumotga köra, Özbekistonda 2020 yilda nomusga tegiş holatlari 27,7 foizga oşgan.

Ötgan uç oy mobaynida huquq-tartibot idoralariga zöravonlikka uçragan ayollar tomonidan 11 mingdan ortiq murojaat bölgan

IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi boş boşqarmasi xabar berişiça, 2021 yilning yanvar-mart oylarida zöravonlik holatlari qayd etilişi ötgan yilning şu davriga nisbatan ortgan.

Ötgan uç oy davomida respublikadagi huquq-tartibot idoralariga xotin-qizlarga nisbatan zöravonlik va tazyiq ötkaziş holatlari böyiça jami 11 070ta murojaat kelib tuşgan.

Uşbu murojaatlarning 2 772tasi 18-30 yoş oraliğidagi, 93tasi esa voyaga yetmagan şaxslar tomonidan bölgan. Sodir etilgan zöravonlik holatlarining eng katta qismi - 9 973tasi oilada yuz bergan. Murojaat qilgan şaxslarning 5 209 nafari ruhiy, 3 813 nafari jismoniy, 166 nafari iqtisodiy, 44 nafari jinsiy zöravonlik hamda 1 838 nafari zulm va tazyiq ötkazişlarga uçraganini aytişgan.