Sardoba suv ombori o‘pirilishining uch omili ma'lum qilindi
Mazkur voqeaga daxldor barcha mansabdor shaxslarning xatti-harakatlariga yaqin kunlarda sud tomonidan huquqiy baho beriladi.

30 aprel kungi brifingda Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari, general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev olib borilgan tadqiqot va tahlillar natijasiga ko‘ra, to‘g‘on o‘pirilishiga sabab bo‘lgan bir qator omillar haqida ma'lumot berdi.
Birinchidan, Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan buyurtmachi xizmatini tashkil etish, loyihalashtirish va qurilish ishlarini olib borishda mas'uliyatsizlikka yo‘l qo‘yilgan;
inshootni to‘laqonli ekspluatatsiya qilishda mazkur suv omboridan foydalanish qoidalari tasdiqlanmagan, bu jarayonda belgilangan texnik va me'yoriy talablar qo‘pol ravishda buzilgan.
Ikkinchidan, «UzGip» MChJ loyiha tashkiloti tomonidan suv omborining ishchi loyiha hujjatlarini tayyorlash jarayonida tasdiqlangan Texnik-iqtisodiy asoslarda belgilangan yechimlarga rioya qilinmasdan, unga o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirishlar kiritilgan. Ishchi loyiha hujjatlarida to‘g‘onning konstruktiv va seysmik mustahkamligi inobatga olinmagan.
Uchinchidan, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning pudrat tashkiloti va yordamchi pudrat tashkilotlari tomonidan to‘g‘on tanasi tuprog‘ining zichligi, filtr va himoya tosh qatlami qalinligi loyihaviy ko‘rsatkichdan past bo‘lishiga yo‘l qo‘yilgan.
Sardoba suv omborini loyihalashtirish, qurish va to‘g‘onning ekspluatatsiyasi jarayonida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi holati bo‘yicha buyurtmachi, loyihachi, qurilish tashkilotlari hamda ekspluatatsiya xizmatining 17 nafar mansabdor va mutasaddi shaxslari jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ayni paytda ularga nisbatan ayblov xulosasi Oliy sud muhokamasiga o‘tkazilgan.
Hozirgi vaqtda suv omborini qurish uchun ajratilgan budjet mablag‘larining qonuniy sarflanganligi yuzasidan jinoyat ishi doirasida taftish va tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mazkur voqeaga daxldor barcha mansabdor shaxslarning xatti-harakatlariga yaqin kunlarda sud tomonidan huquqiy baho beriladi. Bu haqida jamoatchilikka qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.
- 2020 yilning 1 may kuni Sirdaryo viloyati hududidagi Sardoba suv omborida to‘g‘on o‘pirilib, suv toshqini yuzaga kelgandi. Suv toshqini natijasida Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridagi aholi punktlari va ekinlarga zarar yetgan. Binolar, yo‘llar, kommunikatsiyalar vayron bo‘lgan. Uchta tumandagi 22 ta qishloqdan 60 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilingan. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin maktab o‘quvchilarini yozgi ta’til vaqtida ishga jalb qilishga ruxsat berdi
Jahon | 20:47
-
Kreml neft bozoridagi «o‘ta notinch» vaziyatdan xavotir bildirdi
Jahon | 20:44
-
Parijda Ruminiya qirollik uyi rahbari qo‘lga olindi
Jahon | 20:32
-
Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi
O‘zbekiston | 20:28
Mavzuga oid

17:16 / 23.01.2023
FVV aholiga ko‘llar ustidagi muzlarda uchmaslikni tavsiya etdi

21:30 / 25.08.2022
Buxoro viloyatida qamishzordagi yong‘inni o‘chirishga 100 dan ortiq qutqaruvchi jalb etildi

19:36 / 24.07.2022
FVV fuqarolarga quyosh urishidan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi

16:19 / 16.07.2022