Ta’kidlanishicha, yangi mobil ilova keng jamoatchilik tomonidan bepul yuklab olish uchun joriy yilning 11 iyul kuni Google play (Play Market) platformasiga (Zilzila Mobile) nomi bilan joylashtirilgan.
«Zilzilada aholi barcha qatlamlarini to‘g‘ri harakatlanishga o‘rgatish uchun mo‘ljallangan interaktiv mobil ilovadan foydalanish uchun Play Market platformasidan ushbu mobil ilovani Android tizimda ishlovchi mobil telefonlarga yuklab olish talab etiladi. Yuklab olingan ilova o‘rnatilganidan so‘ng foydalanuvchi uchun qulay bo‘lgan til tanlanadi. Ilovada uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz) ishlash imkoniyati yaratilgan», – deyiladi xabarda.











