Binoning 120-qavatida restoran, 84-qavatida spa-zona, barlar va basseyn joylashgan.

Foto: AFP
Xitoyning Shanhay shahrida dunyodagi eng baland mehmonxona ochildi.
Xabar qilinishicha, mehmonxona 632 metrli binoning yuqori qavatlarini egallagan. Binoning 120-qavatida restoran, 84-qavatida spa-zona, barlar va basseyn joylashgan.

Bron qilish uchun 165ta nomer bo‘lib, yuqori qavatlarga soniyasiga 18 metr tezlikda harakatlanadigan lift yordamida ko‘tarilish mumkin.
Mehmonxona Jin Jiang International Hotels davlat holdingiga tegishli.