15:17 / 30.06.2021
14001

Xitoyda dunyodagi eng yirik ikkinchi GES ishga tushdi

"Bayxetan"ning umumiy quvvati 16 million kilovatt bo‘lib, u yiliga 62 milliard kilovatt/soat energiya ishlab chiqaradi.

Foto: Reuters

Xitoy "Bayxetan" gidroelektrostansiyasi ishga tushirilganini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 Ma'lum qilinishicha, u quvvati jihatidan dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi. "Bayxetan" GESi 2022 yilda to‘liq foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Hozircha har biri 1 million kilovattlik ikkita energiya bloki ishga tushirildi.

 "Bayxetan"ning umumiy quvvati 16 million kilovatt bo‘lib, u yiliga 62 milliard kilovatt/soat energiya ishlab chiqaradi.

 Barcha 16 generator ishga tushganidan so‘ng GESning bir sutkalik energiya ishlab chiqarishi 500 ming kishining elektr energiyasiga bo‘lgan bir yillik ehtiyojini qondirishga yetadi.

 Quvvati jihatidan dunyoda birinchi o‘rinda turuvchi GES Xitoyning Xubey provinsiyasida joylashgan "Uch dara" GESi hisoblanadi. Bu yerda 2020 yilda 103,1 milliard kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.

Mavzuga oid
Top