11:23 / 04.08.2021
1629

Samarqandda «Lacetti» olib berishini aytib fuqarodan 12 ming dollar olgan avtosalon xodimiga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida «Lacetti» mashinasini olib berishini aytib, fuqarodan 12 ming AQSh dollari olgan avtosalon xodimiga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «A.» avtosaloni savdo agenti Sh.T. ushlangan. U fuqaro N.ga «Lacetti» mashinasini olib berish uchun go‘yoki «V.» MChJ tomonidan to‘lov qabul qilinganligi haqida kvitansiya hamda oldi-sotdi shartnomasini taqdim qilib, evaziga uning 12 000 dollar olgani aniqlangan.

Tekshiruv davomida Sh.T. o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lib 3 900 dollarni qaytargan holati protsessual tartibda rasmiylashtirgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid
Top