Samarqand viloyatida soxta COVID-19 testi natijasini sotayotganda uşlangan şaxsning ukasi «işni tinçitiş» uçun IIB xodimiga 5 ming AQŞ dollari pora bermoqçi bölganida qölga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 30 iyul kuni Samarqand viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta'minlaş boşqarmasi tezkor xodimlari tomonidan Toyloq tumani markazida tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbir davomida 1990 yilda tuğilgan, Samarqand şahri Imom Vose mahallasida yaşovçi X.D. fuqarolardan biriga COVID-19 virusi mavjud emasligi töğrisidagi soxta test tahlilini 180 ming sömga sotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlanib, hujjatlar rasmiylaştirilgan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib boriş jarayonida fuqaro X.D. ning ukasi işni rasmiylaştirmaslik va ijobiy hal qilib beriş evaziga tezkor xodimga 5 ming dollarni pora sifatida taklif qilgan.
Xodim pora taklif qiliş Jinoyat kodeksining 211-moddasi bilan jinoiy iş qözğatilib, javobgarlikka tortilişiga sabab bölişi töğrisida ogohlantirişiga qaramay, X.D. keyin kelib uçraşişini aytib çiqib ketgan. Xodim holat yuzasidan viloyat IIB boşliğiga bildirgi bilan murojaat qilgan.
Bildirgiga asosan 2021 yil 31 iyul kuni IIV öz xavfsizligi boşqarmasi Samarqand viloyati bölimi hamda Samarqand şahar prokuraturasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilib, fuqaro I.X. tezkor xodimga 5 ming dollarni pora tariqasida bergan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Ta'kidlanişiça, mazkur holat böyiça Samarqand şahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoiy iş qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Samarqandda qoidani buzgan haydovçi YPX xodimiga 100 dollar pora berayotganda uşlandi












