14:29 / 05.08.2021
13631

Vazirlar Mahkamasida qator tayinlovlar amalga oshirildi 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda hukumat portalining “Telegram”dagi rasmiy kanali xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra:

  • Sherzod Karimov Vazirlar Mahkamasi Ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari etib;
  • Sharifbek Hasanov Vazirlar Mahkamasi Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari - Turizm va sportni rivojlantirish masalalari shu'basi mudiri etib;
  • Alisher Nazarmuhammedov Vazirlar Mahkamasi Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyatining Madaniyat va san'atni rivojlantirish masalalari shu'basi mudiri etib;
  • Shahobiddin Musayev Vazirlar Mahkamasi Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyatining Ommaviy kommunikatsiyalar va axborot ochiqligini ta'minlash masalalari shu'basi mudiri etib tayinlandi.
Mavzuga oid
Top