14:42 / 04.09.2021
16293

Afg‘onistonda otishma oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi, 70dan ortiq kishi yaralandi

Foto: The Khaama Press

Afg‘onistonda tartibsiz otishma oqibatida yaralanganlar soni 70 nafardan oshib ketdi, deb xabar berdi The Khaama Press agentligi.

Xabarda aytilishicha, Kobuldagi shifoxonaga 40 nafar yarador yotqizilgan. Shuningdek, 17 kishining jasadi olib kelingan.

Bir kun ilgari toliblar havoga o‘q uzishgani aytilgandi. Toliblar vakili Ahmadullo Vosiqning so‘zlariga ko‘ra, ular Panjsher viloyati olingani haqidagi xabarni shu tarzda nishonlagan.

O‘z navbatida, Milliy front vakili Fohim Dashtiy BBC intervyuda vodiyga ikki tomondan qilingan hujumlar qaytarilgani, front vodiyga kirishdagi barcha yo‘llar ustidan nazoratni saqlab qolayotgani va ayrim hududlarda hatto vodiy tashqarisida yurishlar amalga oshirilgani haqida aytgan.

Shu bilan birga, “Sputnik Afg‘oniston” manbalarga tayangan holda Kobulda Haqqoniy va Birodar guruhlari o‘rtasida otishma yuz bergani, voqeani yashirish maqsadida havoga o‘q uzishlar amalga oshirilgani haqida xabar qildi.

Top