17:00 / 05.09.2021
7947
ERIELL Group: kompaniya neft va gaz sanoati xodimlari kuniga sovg‘a taqdim qildi

ERIELL Group nefservis xizmatlari bozorida 17 yildan beri faoliyat yuritmoqda. O‘z faoliyatini «Bo‘zaxur» konida bittagina burg‘ilash uskunasi bilan boshlagan kompaniya yildan yilga texnika parki va yuksak malakali mutaxassislar soni, shuningdek faoliyat geografiyasini kengaytirishga muvaffaq bo‘ldi. Hozirgi kunda ERIELL Group neft va gaz sohasi yetakchilari qatoriga kirganini ishonch bilan aytish mumkin. Bugun kompaniya Rossiya, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq hamda boshqa mintaqa va mamlakatlarda o‘z xizmatlarini taqdim etmoqda.

So‘nggi yillarda kompaniya xodimlarining mehnati, shuningdek uglevodorod qazib olishni oshirishga innovatsion yechimlarni joriy etish O‘zbekistonda milliard kub metr gaz, yuzlab ming tonna kondensat va neft qazib olinishiga xizmat qildi.

Xodimlar ERIELL Group  uchun asosiy qadriyat hisoblanadi. Quduqlarni burg‘ilash doimo yuqori xavf va xatar bilan bog‘liq. Shuning uchun kompaniya tomonidan barcha qoida va talablarga rioya qilinishiga alohida e'tibor qaratiladi.

Har yili sentabr oyining birinchi yakshanbasida «Neft, gaz va yoqilg‘i sanoati xodimlari kuni» («Neftchilar kuni») nishonlanadi. Bu bayram turli neft va gaz mutaxassisliklari vakillari – geologlar va burg‘ilovchilar, ishlab chiquvchilar va quruvchilar, transportchilar, texnologlar, umuman olganda o‘z taqdirini neft va gaz sanoati bilan bog‘laganlarni birlashtiradi.

ERIELL Group tomonidan neft va gaz sohasi kasblari vakillariga hurmat bajo keltirish maqsadida film namoyish qilindi. Unda eng murakkab loyihalardan biri bo‘lgan «Mustaqillikning 25 yilligi» misolida burg‘ilash uskunasi har bir xodimining mashaqqatli mehnati tafsilotlari ochib berilgan. Film burg‘ilovchi yordamchisidan tortib rahbar lavozimini egallab turgan xodimlar faoliyatining ikir-chikirlari haqida hikoya qiladi.

«Mustaqillikning 25 yilligi» konining murakkab tog‘-kon sharoitlari ERIELL mutaxassislaridan ishlarni amalga oshirishda zamonaviy va o‘ziga xos yondashuvni talab etadi va ular buni a'lo darajada uddalamoqda.

«Burg‘ilovchi» tushunchasi bir nechta faoliyat turlarini birlashtirib, ularning har biri turli bilim va tayyorgarlikni talab etadi. Burg‘ilash bo‘yicha muhandis, texnik, burg‘ilash qurilmasi mashinisti va burg‘ilovchi yordamchisini ham burg‘ilovchi deb atash mumkin. Mazkur kasb vakillariga burg‘ilash jarayonida ishtirok etuvchi barcha ishchilarni kiritish mumkin.

Professional jihatdan bo‘linish shuningdek tarmoq va texnologik alomatlar bo‘yicha ham ro‘y beradi. Neft va gaz qazib olish uchun qidiruv va ekspluatatsiyaviy burg‘ilashda ishtirok etuvchi burg‘ilovchi yordamchisining bilim va ko‘nikmalari quduqlarni kapital ta'mirlash bo‘yicha burg‘ilovchi yordamchisinikidan farq qiladi. Shu bilan birga, elektr burg‘ilash bo‘yicha mutaxassis ham alohida bilimlarga ega bo‘lishi lozim.

Film ham aynan shu insonlar, ya'ni ERIELL Group'ning malakali mutaxassislariga bag‘ishlanadi.

Boysunda amalga oshirilayotgan «Mustaqillikning 25 yilligi» loyihasi O‘zbekistonning janubiy hududlarining yoqilg‘i-energetika, kimyo tarmoqlari, qurilish sanoati va transport infratuzilmasi rivojiga xizmat qiladi.

ERIELL Group Matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid
Top