Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abduqodir Toshqulov: OTMga hujjat topshirish tizimini raqamlashtirish orqali bir yilda 27 mlrd iqtisod qilinyapti
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov Xalqaro press-klub sessiyasida sohani raqamlashtirish orqali iqtisod qilinayotgan mablag‘lar haqida gapirdi.

Foto: Xalqaro press-klub
«Jurnal, baholash daftarchasi va boshqa hujjatlarni elektronlashtirish orqali bir oliy ta'lim muassasasi 1 yilda 100 mln so‘m iqtisod qilmoqda. Shuningdek, oliy ta'limga kirishda hujjat topshirishni raqamlashtirish hisobiga 27 mlrd so‘m iqtisod qilinmoqda.
Avvallari o‘qishga hujjat topshirayotgan abituriyent bitta papkaning ichiga hujjatlarini solib Surxondaryoning Bobotog‘ degan joyidan Toshkentga kelardi. Ammo tumanidagi poliklinikadan berilgan rentgen surati teskari tushib qolgani uchun uni yana Surxondaryoga qaytarishardi. Shu rentgenni Toshkentdan qilay desa, ruxsat yo‘q edi. Yoki poliklinikalarda faqat surat yopishtirish mumkin bo‘lgan «086» forma sotilardi. Noqulaylik juda ko‘p edi.
Hozir-chi? Abituriyent uyidan turib, yo‘nalishni tanlayapti va istagan o‘qishiga hujjat topshiryapti. Ochig‘ini aytish kerak, bizda qog‘oz sanoati ko‘proq import hisobiga bo‘ladi. Raqamlashtirish orqali esa bunda katta mablag‘ iqtisod qilinyapti», – deya vazir so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish tartibi o‘zgardi
O‘zbekiston | 07:55
-
Xitoy: Rossiyaga qarshi sanksiyalar Xitoy va YeI munosabatlariga zarba berdi
Jahon | 07:40
-
Zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha choralar qabul qilindi
O‘zbekiston | 07:28
-
Maxsus xizmat: Germaniyada Rossiyaning josuslik urinishlari ko‘paydi
Jahon | 07:24
Mavzuga oid

12:24 / 18.02.2025
OTM bitiruvchilarini ishga joylashishiga ko‘maklashuvchi dastur amalga oshiriladi

10:19 / 15.02.2025
Kambag‘al oilalar farzandiga OTMda qo‘shimcha grant ajratiladi

13:44 / 11.02.2025
OTMda texnika va tibbiyot yo‘nalishlari kvotalari 25 ming o‘ringa yetkaziladi

09:04 / 10.02.2025