Uşbu özgartirişlar mahsulot xavfsizligini kuçaytiriş, sertifikatlaştiriş jarayonining şaffofligini ta’minlaş, sertifikat berişni rad etiş va ularni bekor qiliş uçun qöşimça asoslarni joriy etiş, şuningdek, ma’muriy jarayonlar muddatini optimallaştirişga qaratilgan.

Hujjatga quyidagi özgartirişlar va qöşimçalar kiritildi:

– birinçidan, sertifikatlaştirişni rad etiş asoslari kengaytirildi. Endi sertifikat quyidagi hollarda ham rad etilişi mumkin:
• mahsulot davlat röyxatidan ötkazilişi lozim bölsa-yu, bu amalga oşirilmagan bölsa (röyxatdan ötkazilmasdan ruxsat etilgan mahsulotlar bundan mustasno);
• retsept asosida beriladigan dori vositalarida referent narxlar mavjud bölmasa yoki belgilanganidan oşib ketgan bölsa;
• majburiy raqamli markirovka talab etiladigan mahsulot belgilangan tartibda markirovka qilinmagan bölsa;

– ikkinçidan, ma’muriy jarayonlarning muddati uzaytirildi. Endi sertifikat beriş töğrisidagi qaror ikki iş kuni içida qabul qilinadi (ilgari — bir kun edi). Muvofiqlik sertifikati esa qaror qabul qilinganidan söng tölov töliq amalga oşirilgan şarti bilan uç iş kuni içida rasmiylaştiriladi (ilgari — tölovga boğliq bölmagan ikki kun);

– uçinçidan, muvofiqlik sertifikatini bekor qiliş asoslari kengaytirildi. Xususan, endilikda sertifikat quyidagi hollarda bekor qilinişi mumkin:
• mahsulot iste’molçilar hayoti yoki soğliğiga tahdid tuğdirsa;
• inspeksiya nazorati natijalariga köra nomuvofiqliklar aniqlansa;
• mahsulot tarkibi yoki işlab çiqariş texnologiyasi xabarnomasiz özgartirilgan bölsa;
• ariza beruvçi taşkilot tugatilgan bölsa;
• mahsulot ariza beruvçi taşabbusi bilan qaytarib olingan bölsa;
• normativ hujjatlar özgartirilgan yoki bekor qilingan bölsa;
• nazorat qiluvçi organ tomonidan taqdimnoma kelib tuşgan bölsa.