12:00 / 13.10.2021
6401

ERIELL Group: talabalar va mutaxassislarni kasbiy tayyorlash

Foto: ERIELL Group

ERIELL Group kompaniyasida NTM – ERIELL prof education ham faoliyat yuritmoqda. Qarshi shahridagi mintaqaviy filial uning tarkibiy qismi hisoblanadi.

Foto: ERIELL Group

Qarshi shahridagi o‘quv markazi 2012 yilda o‘z ishini boshlagan. Mutaxassislar oldida burg‘ilash brigadalarini Rossiya, Bangladesh, Kuba va Iroqdagi yangi obektlarda xavfsiz ishlashga tayyorlash vazifasi turadi. Ilk dasturlar xavfsiz ishlash ko‘nikmalari – xavflarni baholash, yopiq joyda, balandlikda, og‘ir yuklar bilan, ko‘tarish operatsiyalari, vodorod sulfidi chiqishi xavfi sharoitlarida ishlashni amaliy jihatdan shakllantirishga qaratilgan. Xodimlar shuningdek xavfli chiqindilar va reagentlarni saqlash va ular bilan qanday munosabatda bo‘lish, qanday qilib o‘z salomatligini saqlash hamda yangi mamlakatda iqlim va ijtimoiy mehnat sharoitlariga ko‘nikishga o‘qitilgan. Vaqt o‘tishi bilan yo‘naltirilgan kurs RigPass dasturiga aylanib, RigPass IADC (xalqaro burg‘ilash pudratchilari assotsiatsiyasi) xalqaro akkreditatsiyasiga ega bo‘ldi.

Foto: ERIELL Group

O‘quv markazi neft gaz tarmog‘i uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda faol ishtirok etmoqda. Amaliyot o‘tash va ishchi kasblarni o‘zlashtirish imkoniyatlarini yaratish uchun ERIELL prof education I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti filiali bilan yaqindan hamkorlik qilib, u yerda yosh kadrlarni o‘qitib kelmoqda. Nazariy qismni o‘tash uchun yuqori bosqich talabalari Qarshidagi filialga jo‘natiladi. U burg‘ilash va real vaqt rejimida quduqni boshqarish bo‘yicha DrillSIM 20 va iDrill Simulator VRDS virtual reallik trenajyor-simulyatorlari bilan jihozlangan. Burg‘ilash o‘quv xonasi MBO-160 mobil burg‘ilash uskunasi bilan jihozlangan. Nazariy bilimlarni o‘zlashtirgach, amaliyotchilar ishlab chiqarish obektlari, ya'ni burg‘ilash maydonchalariga yuboriladi. Kompaniyaga ishga qabul qilinayotgan barcha yosh mutaxassislar o‘quv markazida majburiy ravishda tayyorgarlikdan o‘tadi va tegishli ravishda o‘qitiladi.

Foto: ERIELL Group

Ta'lim olayotgan hamkasblar bilan har kuni professional o‘qituvchilar va ERIELL Group mutaxassislari ish olib boradi. Qarshi shahridagi ERIELL prof education filiali rahbari Oybek Narimanovich Avlakulov:

«Men Qarshi shahridagi o‘quv markaziga u tashkil topgan vaqt, ya'ni 2012 yildan beri rahbarlik qilib kelmoqdaman. ERIELL Group'dagi mehnat faoliyatimni esa 2009 yilda YoX muhandisi lavozimida boshlaganman. O‘quv markazi rahbari majburiyatlaridan tashqari men shuningdek tinglovchilarni WellSharp va RigPass dasturlari bo‘yicha o‘qitib kelmoqdaman. Markaz faoliyat boshlagandan buyon biz nafaqat Kompaniyalar guruhi miqyosida, balki boshqa tashkilotlardan ham 10 mingdan ziyod hamkasblarimizni o‘qitdik. Bevosita O‘M ichida ta'lim berishdan tashqari biz barcha ishlab chiqarish obektlari, jumladan Novyy Urengoy, Qo‘ng‘irot, Buxoro va boshqa hududlarga ham borib, xodimlarimiz ishlab chiqarish jarayonidan uzilmagan holda o‘z bilimlarini boyitishiga imkoniyat yaratamiz».

Foto: ERIELL Group

Hozirgi vaqtda Qarshi shahridagi o‘quv markazi turli yo‘nalishlardagi 30 dan ziyod dasturlar bo‘yicha ta'lim bermoqda:

  • malaka oshirish va quyidagi kasblarga tayyorlash: burg‘ilovchi, burg‘ilovchi yordamchisi, stropalchi-takelajchi, minora montajchisi, burg‘ilash uskunalarini ta'mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha chilangar va h.k.;
  • mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligiga doir dasturlar: mehnat muhofazasi, yong‘in-texnikaviy minimum, balandlikda ishlash, bosim ostida ishlovchi idishlar va h.k.;
  • xavfsizlik madaniyatini rivojlantirishga oid dasturlar: xavfni baholash, YoX, MM, AMMda yetakchilik qilish, TapRoot holatlarini tadqiq qilish usullari.
Foto: ERIELL Group

Tajribali o‘qituvchilardan yana biri – bu Xodjakulov Oleg Xaitovichdir. U YoX, MM va AMMga oid dasturlar bo‘yicha o‘quv kurslarini olib boradi:

«Rahbariyat malaka oshirish masalalariga katta e'tibor qaratayotgan, mehnat esa munosib taqdirlanayotgan kompaniyada ishlash yoqimli, albatta. Men o‘qituvchi bo‘lib ishlayotganimdan beri rahbariyat va ERIELL prof education tinglovchilaridan ko‘plab tashakkurnomalar oldim. Biroq, shogirdlaring professional jihatdan o‘sganini ko‘rsang, alohida faxr-iftixor tuyg‘usi qamrab olar ekan. Sobiq o‘quvchilarim orasida ko‘plab yetakchi mutaxassislar va Kompaniyalar guruhida rahbarlik lavozimlarida ishlayotganlar ham bor. Menimcha, bu ustoz uchun asosiy rag‘bat bo‘lsa kerak».

O‘qituvchilar orasida shuningdek Saidov Rozik Toxirovich va Tuxtayev Rashid Vaxabovichlar ham bor. Ular professional tayyorgarlik dasturlari bo‘yicha ta'lim beradi.

Damir Latifovich Yakubov birinchi darajali chilangarlar, dizelistlar va boshqa tarmoq mutaxassislarini tayyorlaydi.

Kolosov Aleksandr Vladimirovich – vakolatxona rahbarining YoX, MM, AMM va sifat xavfsizlik madaniyatini rivojlantirish dasturi o‘qituvchisi.

Markaz mutaxassislari amaliy ko‘nikmalarini zamonaviy uskunada rivojlantiradi, bu esa o‘z navbatida amaliy ishlarning barcha nyuanslarini namoyish qilish imkonini beradi. O‘qituvchilarning bilimlari va boy tajribasi hamda ilg‘or texnologiyalar  stajyorlar va ERIELL Group xodimlariga zamon bilan hamnafas odimlash va umumiy maqsad yo‘lida mehnat qilish, kompaniya farovonligiga hissa qo‘shish uchun malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lish va ularni mustahkamlash imkonini beradi.

ERIELL Group Matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid
Top