15:12 / 01.11.2021
9007

AQShning Afg‘onistondagi sobiq ittifoqchilari IShIDga qo‘shilmoqda – OAV

Gap birinchi navbatda AQSh tayyorlagan razvedkachilar, josuslar, maxsus kuchlar xodimlari va harbiylar haqida bormoqda.

Foto: Reuters

Amerika qurolli kuchlari bilan hamkorlik qilgan va Vashington Afg‘onistonda qoldirib ketgan sobiq ittifoqchilar IShIDga qo‘shilmoqda. Bu haqda WSJ o‘z manbalariga tayanib yozmoqda.

Gap birinchi navbatda AQSh tayyorlagan razvedkachilar, josuslar, maxsus kuchlar xodimlari va harbiylar haqida bormoqda. Nashrning yozishicha, ular «Tolibon» qatag‘oni sababli shunday yo‘l tutishga majbur bo‘lmoqda.

WSJ suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, IShID Afg‘onistondagi yangi hukumatga qarshi kurashish bilan birga odamlarni pul bilan o‘ziga jalb etmoqda.

«Agar qarshilik harakati bo‘lganida, ular bu harakatga qo‘shilgan bo‘lardi», — dedi razvedka sobiq boshlig‘i Rahmatulla Nabil. Uning aytishicha, IShID toliblarga qarshi kurashayotgan yagona harakatdir.

1 noyabr kuni Panjsher viloyatining sobiq gubernatori Kabir Vosiq Afg‘oniston milliy qarshilik fronti toliblarga qarshi janglarni boshlashga tayyorlanayotganini aytdi.

Top