21:09 / 09.11.2021
5126
Koinot stansiyasidan Yerga 4 nafar astronavt qaytdi

SpaceX kompaniyasining Srew Dragon 2 fazoviy kemasi Xalqaro koinot stansiyasidan 4 nafar astronavtni Yerga qaytardi. Kema Florida sohilbo‘yida qo‘nishni amalga oshirgan.

Foto: NASA / AP

XKSdan Yerga 6 oy oldin SpaceX kemasida orbitaga yo‘l olgan NASA astronavtlari Sheyn Kimbro va Megan Makartur, fransiyalik Toma Peske va yaponiyalik Akixiko Xoside qaytgan. Ular orbitada 199 kun qolishgan.

Astronavtlar o‘zlari bilan birga stansiyada o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini ham olib kelishgan.

Ayni vaqtda XKSda “Roskosmos” fazogirlari Anton Shkaplerov va Petr Dubnov hamda NASA vakili Mark Vande Xay o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Yaqin orada ularga Crew Dragon-3 kemasida germaniyalik Mattias Maurer va NASA astronavtlari Raja Chari, Tomas Mashbern hamda Keyla Berron qo‘shiladi. Kemaning parvozi AQSh vaqti bilan 10 noyabrda amalga oshirilishi kutilmoqda.

Mavzuga oid
Top