18:18 / 11.11.2021
4902
Dunyoda shprits yetishmovchiligi muammosi yuzaga kelishi mumkin – JSST

Ma'lum qilinishicha, 2021 yilning dastlabki 10 oyi mobaynida dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi 6,8 mlrd emlatma qilingan. Bu bir yil davomida ishlab chiqarilgan shpritslar soniga teng.

Foto: protoday.uz

2022 yilda dunyo tibbiy shpritslar yetishmovchiligi muammosiga duch kelishi mumkin, deb ma'lum qildi JSST.

2021 yilning dastlabki 10 oyi mobaynida dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi 6,8 mlrd emlatma qilingan. Bu bir yil davomida ishlab chiqarilgan shpritslar soniga teng, dedi JSSTning dori vositalari va sog‘liqni saqlash mahsulotlari bo‘yicha maslahatchisi Liza Hedman.

«Butun dunyodagi ushbu tibbiyot mahsulotini ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarishni ko‘paytirish yo‘lini topishi lozim, vaziyat o‘nglanmasa, 2022 yilda foydalaniladigan va ishlab chiqarilgan mahsulotlar nisbati yetishmovchilikka sabab bo‘ladi», — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shpritslar tanqisligi 2 mlrd donani tashkil etishi mumkin. Shu bilan birga, koronavirusga qarshi emlash barcha mamlakatlar uchun ustuvor vazifa bo‘lib qoladi, shu sababli bu masalada zarur mahsulotlar yetishmovchiligiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

Bundan tashqari, shpritslar yetishmovchiligi kambag‘al mamlakatlarni ignalardan qayta foydalanishga majbur qilishi mumkin, bu esa juda xavfli, dedi Hedman.

Mavzuga oid
Top