Talabalar bayrami 1946 yil 17 noyabr Praga shahrida butun dunyo talabalar kongressida tasdiqlangan. Uning tarixi Ikkinchi jahon urushi vaqtida Chexoslovakiyada boshlangan fojiali voqealarga borib taqaladi.

Hitler istilosi

Xalqaro talabalar kunini nishonlash kontekstini yaxshiroq tushunish uchun Ikkinchi jahon urushi oldidan Yevropa tarixiga nazar tashlash kerak. 1933 yilda Germaniyada hokimiyat tepasiga Adolf Hitler keldi. Keyingi yillarda mamlakat o‘z chegaralaridan tashqarida bo‘lgan, ammo ular Germaniya Reyxiga tegishli deb hisoblagan hududlarga nisbatan tobora tajovuzkor da’volarni bildirdi.

1938 yilda Hitler o‘z vatani Avstriyani anneksiya qildi. Ko‘p o‘tmay Chexoslovakiya o‘z hududining bir qismidan voz kechishga majbur bo‘ldi va Uchinchi Reyxga Chexoslovakiyaning hududlari ustidan nazoratni berdi. Chexoslovakiya bo‘linib, mustamlakaga aylandi.

1939 yil mart. Praga. Diktator Adolf Gitler bosqini davri. Manba: Wikipedia

Namoyishdan so‘ng qamoqqa olingan va sudsiz qatl etilgan talabalar

1939 yil oxirida Chexiya va Moraviya protektoratining natsist hukumati Pragada Charlz (Charles University) universitetining tibbiyot fakulteti talabalari tomonidan uyushtirilgan namoyishni bostirishdi. Namoyish 28 oktyabrda Chexoslovakiya Respublikasi mustaqilligi bayrami munosabati bilan bo‘lib o‘tdi. Ushbu namoyish paytida talaba Yan Opletal o‘qdan jarohatlangan, keyinchalik u 11 noyabrda olgan jarohatlaridan vafot etgan.

15 noyabr kuni uning jasadi Pragadan Moraviyadagi uyiga olib ketilishi kerak edi. Uning dafn marosimi tadbiri minglab talabalardan iborat natsistlarga qarshi namoyishga aylanib ketdi.

Yan Opletalning dafn marosimi. 1939 yil 16 noyabr. Manba: Wikipedia