Jamiyat | 20:22 / 17.11.2021
9864
2 daqiqa o‘qiladi

Sardoba suv toshqinida vayron bo‘lgan masjid qayta qurildi

Sirdaryoda Sardoba suv ombori o‘pirilishi oqibatida butkul vayron bo‘lgan “Yusuf” jome masjidi qayta qurilib, foydalanishga topshirildi. 2021 yil 16 noyabr kuni masjidning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Vaqf xayriya jamoat fondi

Vaqf xayriya jamoat fondi tomonidan homiylar bilan hamkorlikda qaytadan qurib bitkazilgan mazkur masjidni ochib berish uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov, Vaqf fondi rahbari Yahyo domla Abdurahmonov, viloyat mutasaddilari va boshqa mehmonlar tashrif buyurdi.

Foto: Vaqf xayriya jamoat fondi
Foto: Vaqf xayriya jamoat fondi

“Yusuf” masjidi 1993 yilda hashar yo‘li bilan qurilgan va o‘tgan davr mobaynida uning binosi eskirgan bo‘lib, o‘tgan yilgi Sardoba suv ombori toshqini sabab butkul vayrona holatga kelgan edi.

Jome masjidi binosini qayta qurish ishlari 2020 yilning iyun oyidan Vaqf xayriya jamoat fondi tomonidan homiylarni jalb qilgan holda boshlangan edi. Ayni damda masjid to‘liq yangilandi. Masjidning katta xonaqohida 750 kishi, ayvon qismida esa 1000 kishi ibodat qilishi mumkin. Binoning uzunligi 24 metr, eni esa 18 metrni tashkil etadi. Masjidga 19 metrlik gumbaz ham o‘rnatilgan.

Masjidga yondosh qilib zamonaviy, barcha qulayliklarga ega tahoratxona, fuqarolarni qabul qilish xonasi, imom xatib va noib imomlar uchun ham alohida xonalar bunyod etildi. Masjid hududi obodonlashtirilib, mevali va manzarali daraxtlar, gullar ekilib chiroyli maskanga aylandi.

Foto: Vaqf xayriya jamoat fondi
Foto: Vaqf xayriya jamoat fondi
Foto: Vaqf xayriya jamoat fondi
Foto: Vaqf xayriya jamoat fondi
Foto: Vaqf xayriya jamoat fondi

Mavzuga oid