20:00 / 17.11.2021
367433

Yangi “MILLIY” tariflar to‘plami – UZTELECOM mobil abonentlari uchun tariflar safida noyabr oyidagi ulkan yangilanish

2021 yil 17 noyabrdan UZTELECOM milliy operatori GSM standartidagi mobil aloqa tarmog‘i abonentlari uchun yangi “MILLIY” tariflar to‘plamini taqdim etadi.

Foto: UZTELECOM

UZTELECOM'ning har bir zamonaviy abonenti o‘ziga xos yo‘liga, tarixiga, turmush tarziga ega, lekin har bir inson hayotining barcha jabhalari betakror milliy an'analar bilan chambarchas bog‘liqdir. Ushbu milliylik hamma narsada, hatto muloqot tarzida ham aks etadi. UZTELECOM an'anaviy va shu bilan birga zamonaviy yo‘nalishlarni tanlab olgan mobil aloqa operatorlaridan biri bo‘lib, o‘z abonentlarini xalqimizning eng yaxshi milliy an'analaridagi yangiliklari bilan hayratda qoldirishda davom etadi.

Jumladan, 2021 yil 17 noyabr kuni UZTELECOM yangi, qulay, foydali va xilma-xil yettita tarif rejasini o‘zida jamlangan “MILLIY” tariflar to‘plamini taqdim etadi. Ular orasida oyiga 10 000 so‘mlik va har bir limitdan tashqari daqiqa, MB, SMS uchun 10 so‘mdan to‘lanadigan “MILLIY 10” tarif rejasi bo‘lgan eng hamyonbop tarifdan tortib, oyiga 150 000 so‘mlik resurslar miqdori cheksiz ““MILLIY VIP” tarif rejasigacha hammaga mos tarif rejalar mavjud.

Foto: UZTELECOM

To‘plamning e'tiborli jihati shundaki, undagi barcha tarif rejalari doirasida (“MILLIY 10” va “MILLIY 15”dan tashqari) abonentlarga qo‘ng‘iroqlar uchun cheklanmagan miqdorda daqiqalar taqdim etadi. 

Foto: UZTELECOM

Arxiv tariflaridan “MILLIY” to‘plamining istalgan tarif rejasiga o‘tish – bepul, tarif to‘plami ichida va boshqa tariflardan o‘tish – 4 200 so‘m. Shuningdek o‘tish abonentlar uchun barcha qulay usullar yordamida amalga oshiriladi: 99880 raqamiga SMS xabar yuborish yo‘li bilan, *111*1/2/3*11 USSD-so‘rovi orqali, UZTELECOM'ning rasmiy sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida, abonentning arizasiga binoan yoki MyUZTELECOM mobil ilovasida.

Eslatib o‘tamiz, “MILLIY” tariflar to‘plami GSM standarti mobil tarmog‘ining jismoniy abonentlarigagina taqdim etiladi.

Foto: UZTELECOM

Shunisi e'tiborliki, avvalroq alohida ta'kidlab o‘tilgan “Ornamens” ijtimoiy loyihasidagi o‘ziga xos milliy bezaklar ham “MILLIY” tariflar to‘plamining har bir tarif rejasi namoyish etilishida mahorat bilan aks ettirilib, uning beqiyosligi va o‘ziga xosligini ajratib turadi. Mazkur keng ko‘lamli badiiy loyihadan ko‘zlangan maqsad milliy va xalq amaliy san'ati namunalarini yagona va barcha uchun ochiq raqamli katalogga jamlash, milliy san'at merosimizni kelajak avlod uchun asrab-avaylashga hissa qo‘shishdan iboratdir.

“MILLIY” tariflar to‘plami – barchamizni birlashtiruvchi tariflar.

UZTELECOM – milliy operator.

Sayt: utc.uz/28269

Facebook: fb.com/uztelecom

Texnik qo‘llab-quvvatlash: fb.com/groups/tshtt.uz

Instagram: @uztelecomuz

Telegram: t.me/uztelecomuz

Reklama huquqi asosida

Top