O‘zbekistondagi sement zavodlarining egasi tez-tez o‘zgarishi jamoatchilik uchun yangilik emas. Bugungi kunga kelib esa eng yirik 4ta zavodni Kiprda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalar nazorat qilmoqda. Xususan, «Qizilqumsement», «Quvasoysement» va «Bekobodsement» United Cement Group kompaniyasi ixtiyoriga o‘tgan. Bir tarmoqda faoliyat olib boruvchi yirik zavodlarning yagona kompaniya tomonidan nazorat qilinishi esa ichki raqobat muhitiga jiddiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Umuman, sement zavodlarining xususiylashtirilishi qanday kechgan?
«Ohangaronsement» AJ
«Ohangaronsement» mustaqillikdan keyingi davrda eng ko‘p egasi o‘zgargan zavodlardan biri hisoblanadi. Zavod 1961 yilda ishga tushirilgan bo‘lib, dastlab 1994 yilda xususiylashtirilgan va aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilgan. Uzoq vaqt davomida korxonaning asosiy egasi Zeromax kompaniyasi bo‘lgan. 2006 yilda esa EUROCEMENT Holding AG 75,5 foiz aksiyalarni sotib olgan holda zavodning asosiy aksiyadoriga aylangan.
Ammo 2021 yilning may oyida EUROCEMENT Holding AG ham zavodni sotuvga qo‘ydi. Bunga kompaniyaning qarzlari sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda EUROCEMENT Holding AG o‘zi ham Rossiyaning Sberbanki tomonidan sotuvga qo‘yilgani haqidagi xabarlar tarqalgandi.
Shundan so‘ng, 2021 yil mayida Lamanka Enterprises LTD kompaniyasi «Ohangaronsement» AJning 84,19 foiz ulushini xarid qildi. Bitim narxi 557,68 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Ayni paytda zavodning huquqiy egasi aynan 2018 yil 15 noyabrda Kiprda ro‘yxatga olingan Lamanka Enterprises LTD kompaniyasi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, «Ohangaronsement»ning sof foydasi 2019 yilda 179,8 milliard so‘mni, 2020 yilning dastlabki 9 oyida 187,1 milliard so‘mni tashkil qilgan. Kompaniya 2021 yilning birinchi choragida 24,8 mlrd so‘m sof foyda ko‘rgan.
Telegramʼdagi davletovuz kanalining







