«Ohangaronsement» AJning 98,6 foiz uluşi «Akkermann Cement CA» kompaniyasi ixtiyoriga ötdi. Bu haqda «Toşkent» respublika fond birjasi ma’lumotlarida keltirib ötilgan.

«Akkermann Cement CA» MÇJ Rossiyaning «Akkermann Cement» kompaniyasiga tegişli. Mazkur kompaniyaga USM Cement, unga esa USM Holding egalik qiladi. Bu holdingning asosçisi va asosiy aksiyadori – milliarder Alişer Usmonovdir. 

20 yanvar kuni tuzilgan bitim böyiça «Ohangaronsement» AJning 4,83 million dona oddiy va 2133 dona imtiyozli aksiyalari «Akkermann Cement CA» tomonidan xarid qilingan. Bitim «Gazprombank» tomonidan moliyalaştirilgan.

2021 yilda «Akkermann Cement CA» 4 million tonnaga yaqin sement işlab çiqargan. Kompaniyaning asosiy aktivlari Novotroitsk va Gornozavodskdagi sement zavodlari hisoblanadi.

13 yanvar kuni «Ohangaronsement»ning asosiy aksiyadorlari hisoblanadigan Lamanka Enterprises Limited va Giacinttar Limited kompaniyalari öz aksiyalari sotilişini ma’lum qilib, jami 4 mln 837 ming 843 dona oddiy aksiyaning (98.36 foiz) har birini 390 ming sömdan baholagandi(umumiy 1 trln 886 mlrd 758 mln söm/173,8 mln AQŞ dollari).

Avvalroq, Usmonovga qaraşli bölgan“Telekominvest” MÇJ va “Korus” AJning «Kapitalbank»dagi uluşi oşganligi ma’lum qilingandi.