Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov 4 may kungi matbuot anjumanida jurnalistlarning AQŞ “Ohangaronsement”ga sanksiya kiritgani qanday oqibatlarga olib kelişi mumkinligi haqidagi savoliga javob berdi.

“Haqitatan ham, bu biz uçun juda taşvişli hol. Çunki u yerda 10 mingdan köp aholimiz işlaydi. Bu degani sanksiyalar qöllanib, uni taqa-taq töxtatib qöyiş degani emas. Amerika ğaznaçilik departamenti va OFAC (çet el aktivlarini nazorat qiliş boşqarmasi) bilan iş olib boramiz. Ma’lum muddat berilgan; ya’ni bu çeklovlar ularning bevosita dollar bilan boğliq operatsiyalariga tegişli. Içki valutada iş haqi tölaş, bank operatsiyalarini töxtatiş degan fikr yöq. Xavotiringiz örinli, unga xizmat körsatuvçi bank ikkilamçi sanksiyaga tuşib qoliş ehtimoli ham bor”, – dedi u.

Nurmurodov prezident topşiriğiga asosan guruh taşkil qilinib, OFAC bilan masala yeçimi ustida iş olib borilayotganini aytdi.

“Çunki u yerda bizning mehnatkaşlarimiz işlaydi, bitta tuman, bitta viloyat budjet tölovlarida ham, aholini iş bilan ta’minlaşda ham örni katta. Şuning uçun bu korxonalarning uzluksiz faoliyati biz uçun muhim. Aholi farovonligi, hududning budjet ta’minoti nuqtayi nazaridan”, – dedi MB raisi.

“Ohangaronsement”ning sanksiyaga tuşişi

2023 yil aprel oyida AQŞ Rossiyaga qarşi e’lon qilgan sanksiyalarning yangi töplamiga Özbekistonning “Ohangaronsement” zavodi ham kiritildi.

Zavodning egasi Akkermann Cement CA ham çeklovlar ostida qoldi. Bu kompaniya Alişer Usmonovning USM holdingi tomonidan taşkil etilgan bölib, 2022 yil boşida “Ohangaronsement”ning 98,6 foiz aksiyasini sotib olgan. Şu tariqa, Toşkent viloyatidagi korxonaning sanksiyaga uçraşi uning Alişer Usmonovga aloqadorligi bilan boğliq.

2021 yil may oyida Kiprning Lamanka Enterprises kompaniyasi “Ohangaronsement” zavodi ustav kapitalidagi 84,197 foiz uluşni sotib olgandi. Bitim summasi 557,6 milliard sömga baholangan edi. 2022 yil yanvar oyida Britaniya Virjiniya orollarining Giacinttar va Lamanka Enterprises kompaniyalari “Ohangaronsement”dagi uluşlarini 1,88 trillion sömga sotganini e’lon qildi. Keyinçalik xaridor Alişer Usmonovning USM holdingi tomonidan taşkil etilgan Akkermann Cement CA ekani ma’lum bölgandi.

AQŞ Moliya vazirligining Çet el aktivlarini nazorat qiliş boşqarmasi (OFAC) Amerika rezidentlariga Akkermann Cement CA bilan operatsiyalarni 11 iyulgaça tugatiş talabini qöygan.