Ma'lum qilinişiça, 2013 yilda Qozoğistonning ön ikki fuqarosi davlat organlarining «Bekobodsement» va «Quvasoysement»ga nisbatan qilgan harakatlari munosabati bilan ICSID (Investitsiya bahslarini hal qiliş böyiça xalqaro markaz)ga arbitraj da'vosini kiritgan, da'vogarlar öşa paytda mazkur jamiyatlarning aksariyat uluşi egalari bölgan.

Da'vogarlar davlat organlarining harakatlari 1997 yil 2 iyundagi Özbekiston va Qozoğiston hukumatlari örtasidagi «Investitsiyalarni rağbatlantiriş va özaro himoya qiliş töğrisida»gi bitimni buzganligini ta'kidlagan. Özbekiston tomoni da'vogarlarning barça ayblovlarini rad etib, investitsiyalarni himoya qiliş töğrisidagi bitimning buzilişi holatlari mavjud emasligini ta'kidladi va nizoni tinç yöl bilan hal qilişga tarafdorligini bildirgan.

Olib borilgan muzokaralar natijasida tomonlar özaro manfaatli şartlar asosida ICSID arbitrajini tugatiş böyiça kelişuvga erişdi. Uşbu kelişuv doirasida Özbekiston tomoni «Bekobodsement»ning 51 foiz aksiyalarini mazkur jamiyatning aksiyadoriga qaytardi.

2020 yilning oktyabriga kelib tomonlar kelişuv bitimida nazarda tutilgan barça şartlarni bajardi. Şundan söng, 2020 yilning 9 dekabrida ICSID tribunali arbitraj muhokamasini qayta murojaat qiliş huquqisiz tugatiş haqida qaror qabul qildi.