Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi
O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvining 2022 yildagi ilk yig‘ilishida yillik asosiy stavka o‘zgarishsiz, 14 foiz darajasida qoldirildi.

Foto: Kun.uz
Bugun, 20 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.
Soat 14:00da Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan 2021 yil davomida asosiy stavka 14 foiz darajasida saqlab qolingan edi.
Regulyator asosiy stavkani oxirgi marta 2020 yil 10 sentyabrda o‘zgartirgan, o‘shanda stavka 1 foiz bandga pasaytirilgandi.
O‘zbekiston tarixida qayta moliyalash stavkasining eng yuqori ko‘rsatkichi 1995 yilda kuzatilgan bo‘lib, o‘sha paytda asosiy stavka 300 foizga yetgandi. Shundan so‘ng, 2017 yilgacha asosiy stavka pasayib borgan va 27 iyunda 9 foizni tashkil etgan.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Remontada bo‘lmadi. «Arsenal» «Real»ni tojdan mahrum etdi
Sport | 03:04
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
-
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi
Jahon | 00:29
-
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 16.04.2025
Mavzuga oid

17:09 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi

16:36 / 29.03.2025
Oxirgi 5 yilda korporativ tashqi qarz miqdori 2,4 barobarga oshgan – Markaziy bank hisoboti

19:51 / 24.03.2025
Markaziy bank 5 ta bankni jarimaga tortdi

20:17 / 21.03.2025