09:42 / 01.02.2022
14420

Toshkent shahar XTBga yangi rahbar tayinlandi

Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajarish uchun yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar bermoqda.

Foto: edu.uz

Qayd etilishicha, xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligida Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi rahbariyati va barcha tuman xalq ta’limi bo‘limi mudirlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda Toshkent shahar xalq ta’limi tizimi mas’ul xodimlari, maktab direktorlari va pedagoglar oldida turgan dolzarb vazifalarga to‘xtalib o‘tildi. 

Hozirgi kunda vakant bo‘lgan Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajarish Yashin Sultonovga yuklatildi.

Yashin Sultonov mazkur tayinlovga qadar Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi “O‘quv-ta’lim-ta’minot” DUK direktori vazifasida faoliyat yuritgan. 

“Yig‘ilish so‘ngida yangi rahbarga poytaxt maktablarida ta’lim sifatini yaxshilash, maktab ta’limini rivojlantirish hamda namunaviy darajaga olib chiqish borasida tegishli vazifalar yuklatildi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Toshkent shahar XTBga 2020 yil kuzidan buyon Kozimjon Hasanov rahbarlik qilayotgandi.

Top