O‘zbekiston | 13:04 / 24.11.2020
18484
1 daqiqa o‘qiladi

Xususiy maktab direktori Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasiga boshliq bo‘ldi

Kozimjon Hasanov Toshkent shahar Xalq ta'limi bosh boshqarmasi boshlig‘i – Toshkent shahar hokimining ta'lim va tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Kozimjon Hasanov 1978 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. U 1997 yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini, 2000 yilda Toshkent davlat texnika universiteti, 2004 yilda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.

U turli yillarda Birlashgan Millatlar tashkiloti taraqqiyot dasturi -o‘quv ishlari koordinatori, Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti qoshidagi akademik litseyi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi O‘rta maxus, kasb-hunar ta'limi markazi va qator xususiy maktablarda rahbar lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Shu vaqtga qadar Artel Technical School xususiy maktabi direktori lavozimida ishlagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid