Avvalroq Abdul Hamid al-Dabayba parlamentning yangi bosh vazir tayinlash to‘g‘risidagi qarorini rad etgandi.

Abdul Hamid al-Dabayba / Foto: CGNT
Liviya poytaxti Tripoli shahrida mamlakat bosh vaziri Abdul Hamid al-Dabayba o‘tirgan avtomobil noma’lum shaxslar tomonidan o‘qqa tutildi. Bu haqda Al-Arabiya xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, avtomobilga bir nechta o‘q tekkan.

Hujum uyushtirganlar hozircha qo‘lga olinmagan.
Avvalroq Abdul Hamid al-Dabayba parlamentning yangi bosh vazir tayinlash to‘g‘risidagi qarorini rad etgandi.
Al-Dabayba saylovlar o‘tkazishni xohlayotganini, ammo avval parlament oliy davlat kengashi bilan kelishishi kerakligini aytgan. U "haqiqiy saylovlar" o‘tkazilmagunicha lavozimini tark etmasligini bildirgan.