21:49 / 15.02.2022
7883

Virgin Galactic kosmosga sayohat qilishni xohlovchilar uchun chiptalar sotuvini boshlaydi

Chipta 450 ming dollarga tushadi. Birinchi bosqichda orbitaga ming kishi parvoz qilishi kutilmoqda.

Foto: Zuma/TASS

Virgin Galactic Holdings Inc kompaniyasi 16 fevral kuni suborbital parvozlar uchun chipta sotishni boshlashini e’lon qildi.

Kompaniya shu yil oxirida kosmik turistlar parvozini boshlashni rejalashtirgan.

Birinchi bosqichda orbitaga ming kishi parvoz qilishi kutilmoqda, so‘ngra ular soni oshadi.

Parvozlar Nyu-Meksikodan amalga oshiriladi, har bir parvoz davomiyligi 90 daqiqani tashkil etadi.

Chipta 150 ming dollar miqdoridagi depozit bilan birgalikda 450 ming dollarga tushadi. Kompaniya chiptalar sotuvi orqali 450 mln dollar ishlab olishi mumkin.

Mavzuga oid
Top