2023 yil avgust oyida Toşkent va Dehli şaharlari örtasida Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan haftasiga olti marta parvoz amalga oşirilgan edi.
Milliy aviakompaniya va mamlakatning Hindistondagi elçixonasi tomonidan "Özbekiston-2030" strategiyasida 2030 yilga qadar yurtimizga amalga oşirilayotgan xalqaro aviaqatnovlari sonini tört barobarga oşiriş böyiça belgilangan vazifalar ijrosi doirasida izçil sa’y-harakatlar olib borilmoqda.
Buning natijasida bugungi kunda ikki mamlakat poytaxtlarini Uzbekistan Airways va IndiGo (Hindiston) kompaniyalari tomonidan yölga qöyilgan 14 ta aviareys boğlab turibdi.
Uzbekistan Airways joriy yil aprel oyida Mumbay şahri va oktabr oyida Goa ştatiga haftasiga ikki martadan yangi parvozlarni özlaştirgaç, haftalik körsatkiç 18 taga yetdi. Bu raqam sönggi bir yil davomida ikki mamlakat örtasidagi aviaqatnovlar uç baravarga köpayganidan dalolat beradi.
Joriy yil oktyabr oyida Kuala-Lumpur (Malayziya) şahrida bölib ötgan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi taşkiloti (ICAO)ning ICAN-2024 tadbiri doirasida Özbekiston va Hindiston transport va fuqaro aviatsiyasi muassasalari vakillari özaro parvozlar miqdorini haftasiga 28 taga yetkaziş böyiça kelişuvga erişdi.
Yangi parvozlar juğrofiyasi Samarqand, Buxoro, Namangan, Amritsar, Bangalor, Haydarobod, Çennay va boşqa şaharlarni qamrab olişi rejalaştirilmoqda.
Aviaparvozlar kölamining kengayişi mamlakatimizga turizm oqimini faollaşişiga xizmat qilmoqda. Xususan, 2023 yilda 2022 yilga nisbatan uç marta köp hindistonlik turist Özbekistonga taşrif buyurib, umumiy körsatkiç qariyb 50 ming nafarni taşkil qildi. Joriy yil yanvar-oktyabr oylarida esa 60 mingdan ziyod sayyoh Hindistondan mamlakatga safar qildi.

















