19:33 / 18.02.2022
23408

LXR rahbari respublika aholisini tezroq Rossiya hududiga chiqib ketishga chaqirdi

Avvalroq Donbassdagi o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan respublikalar tutashuv chizig‘ida vaziyat keskinlashganini bildirgandi.

Foto: TASS

Lugansk xalq respublikasi (LXR) rahbari Leonid Pasechnik respublika aholisini qisqa muddat ichida Rossiya hududiga chiqib ketishga chaqirdi.

"Tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida mobilizatsiya majburiyati bo‘lmagan hamda ijtimoiy va fuqarolik infratuzilmalarda faoliyat ko‘rsatmaydigan aholini qisqa muddat ichida Rossiya hududiga chiqib ketishga chaqiraman", — dedi u.

Pasechnik shuningdek, qo‘liga qurol olishga tayyor erkaklarni respublikani himoya qilishga chaqirdi.

Avvalroq Donbassdagi o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan LXR va DXR payshanba kuni Ukraina tomonidan artilleriya zarbalari berilgani haqida ma’lum qilgandi.

DXR va LXRning bayonotlari hozircha tasdiqlanmagan. YeXHT kuzatuv missiyasining kunlik hisobotida aytilishicha, hozircha tutashuv chizig‘ida keskinlik o‘sgani qayd etilmagan.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top