Rossiyaning News.ru internet-naşri muxbiri Nikita Tsitsagi özini «DXR» deb e’lon qilgan hududda joylaşgan Vuxledar yaqinidagi Nikolskiy monastiri yaqinida halok böldi. Bu haqda News.ru portali 16 iyun, yakşanba kuni xabar berib, jurnalist u yerda reportaj tayyorlaş niyatida bölganiga işora qildi.

Moskva tomonidan tayinlangan «DXR» «rahbari» Denis Puşilinning aytişiça, 29 yoşli harbiy muxbir Ukraina Qurolli kuçlari tomonidan öqqa tutilgan. Rasmiyning sözlariga köra, Tsitsagi 2022 yildan buyon «DXR»ga muntazam taşrif buyurib kelgan. Fojiali voqeaning boşqa tafsilotlari ma’lum qilinmagan. 

Nikita Tsitsagi Rossiyaning TASS davlat axborot agentligi, şuningdek, Lenta.ru, «Xolod» va «Novaya vkladka» internet-naşrlari bilan hamkorlik qilgan. «Novaya vkladka» loyihasi muxbir vafot etgan kuni, 16 iyunda Tsitsagining «çegaradagi kulrang zonaga aylangan taşlab ketilgan Şebekino» haqidagi reportajini qayta çop etdi. 2023 yil iyun oyida u uşbu hisobot uçun «Redkollegiya» mukofotini olgan.

Rossiya TIV hodisani qoralaşga çaqirdi 

Xuddi şu kuni, 16 iyunda Rossiya Taşqi işlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova rossiyalik harbiy muxbir ölimiga izoh berib, u Ukraina uçuvçisiz uçoği tomonidan «qasddan öldirilgani»ni aytdi. Zaxarovaning eslatişiça, 13 iyun kuni NTV telekanalining suratga oliş guruhi ham öqqa tutilgan, natijada operator Valeriy Kojin halok bölgan va muxbir Aleksey Ivliyev oğir yaralangan.

«Biz tegişli xalqaro taşkilotlar va tuzilmalardan, birinçi navbatda jurnalistlarga hujum holatlariga javob beriş bevosita mas’uliyati bölgan YuNESKO boş direktoridan bu jinoyatni zudlik bilan va qat’iy qoralaşni talab qilamiz», - deya ta’kidladi Zaxarova.