Moskva şahar sudi 14 dekabr, payşanba kuni özini «Donetsk xalq respublikasi» («DXR») deb e’lon qilgan hudud «Mudofaa vazirligi» sobiq rahbari va «FSB» sobiq zobiti, ekstremizmga ommaviy çaqiriqlarda ayblangan Igor Strelkov (Girkin)ning jinoiy işini mazmunan körib çiqişni boşladi. Sud jarayoni yopiq eşiklar ortida ötmoqda.
«Bugun Moskva şahar sudida bölib ötgan sud majlisida ayblov xulosasi Strelkovga öqib eşittirildi. Himoyam ostidagi şaxs uşbu hujjatdagi dalillarga qat’iyan rozi emas va öz aybini tan olmadi», dedi advokat Hoji Aliyev. Strelkovning yana bir advokati Aleksandr Moloxovning aytişiça, uning mijozi allaqaçon körsatma bergan. «Odatda sudlanuvçilar sud oxirida körsatma berişadi, ammo bizning mijozimiz oçiq holda jang qiladi, çunki uning yaşiradigan heç narsasi yöq», dedi u.
«Ekstremistik» postlar
Hoji Aliyevning sözlariga köra, sudda Strelkov öz Telegram-kanalida ekstremistik faoliyatga çaqirmaganini ta’kidlagan va «bu postlarni joylaştiriş maqsadi «DXR»ga safarbar etilgan harbiy xizmatçilarga maoş öz vaqtida tölanmagani bilan boğliq muammolariga e’tiborni qaratiş» bölganini aytgan.
Gap Strelkovning tölovlar yöqligi uçun javobgarlarni «otişning özi yetarli emas» degan posti haqida ketyapti. Sota Telegram-kanali Aleksandr Moloxovga tayanib yozişiça, sudda Strelkov buni «baholovçi fikr, heç qanday holatda tom ma’noda qabul qilinmasligi kerak bölgan majoziy ibora» deb atadi.
Strelkov işi böyiça Moskva şahar sudining navbatdagi majlisi 20 dekabrga belgilangan.
Rossiyaning Ukrainadagi uruşi boşlanganidan beri Igor Strelkov muntazam ravişda uruşning borişini şarhlab turdi va köpinça Rossiya rahbariyatining harakatlarini tanqid qildi. 18 iyul kuni Strelkovga nisbatan jinoiy iş oçilgan, uç kundan keyin esa u Moskvada qölga olingan. Öşandan beri u qamoqda. Işning sababi Strelkovning telegram-kanalida Qrim va «DXR» harbiy xizmatçilariga tölovlar haqidagi ikkita post bölişi mumkin.












