Özini «Luhansk xalq respublikasi» («LXR») deb e’lon qilgan hududdagi Rubejnoye şahriga Rossiya harbiy samolyotidan FAB-250 fugasli aviabomba tuşib ketdi. Bu haqda 8 yanvar, duşanba kuni «LXR» «rahbari» Leonid Paseçnik ma’lum qildi va bu «jangovar topşiriqlarni bajariş paytida» sodir bölganiga aniqlik kiritdi.
Uning sözlariga köra, «RF HKK samolyotidan aviatsiya öq-dorilarining kutilmaganda tuşib ketişi» natijasida heç kim jabrlanmagan, yaqin atrofdagi uylar aholisi evakuatsiya qilingan – vaqtinçalik joylaştiriş markazida beş kişi, jumladan, ikki bola qolmoqda, qolganlar qarindoşlari va döstlarinikida.
Paseçnikning sözlariga köra, bomba portlab ketmagan, «mutaxassislar öq-dorilarni zararsizlantiriş töğrisida qaror qabul qilmoqda».
8 yanvar kuni ertalab Rossiya armiyasi Ukrainani yana yuqori tezlikda uçuvçi «Kinjal» aeroballistik raketalari va boşqa qurollardan foydalangan holda ommaviy öqqa tutdi.
Bundan bir hafta oldin, 2 yanvar, seşanba kuni Voronej viloyatida ham xuddi şunday voqea sodir bölgandi. Rossiya harbiy samolyoti Petropavlovka qişloğiga «aviatsiya öq-dorilarini» taşlab yuborib, u yerdagi kamida yetti xonadonga zarar yetkazdi.








