00:59 / 22.02.2022
38777
Putin DXR va LXR mustaqilligini tan oldi

Vladimir Putin, Denis Pushilin va Leonid Pasechnik Rossiya DXR va LXR mustaqilligini tan olish to‘g‘risidagi hujjat hamda do‘stlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi shartnomalarni imzoladi.

Rossiya DXR va LXR suverenitetini tan oladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyaliklarga murojaatida e’lon qildi.

RBKning yozishicha, Vladimir Putin, Denis Pushilin va Leonid Pasechnik Rossiya DXR va LXR mustaqilligini tan olish to‘g‘risidagi hujjat hamda do‘stlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi shartnomalarni imzoladi.

«Allaqachon pishib-yetilgan qarorni qabul qilish: zudlik bilan Donetsk xalq respublikasi va Lugansk xalq respublikasining mustaqilligi va suverenitetini tan olish zarur deb hisoblayman. Rossiya Federatsiyasi Federal majlisidan bu qarorni qo‘llab-quvvatlashini so‘rayman», — dedi u.

21 fevral kuni o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk xalq respublikasi va Lugansk xalq respublikasi rahbarlari Rossiya prezidentidan bu respublikalarni tan olishni so‘ragandi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top