18:58 / 04.03.2022
17295
Chiroqchi tumani YHXB boshlig‘i va uning jinoiy sherigi pora olayotganda ushlandi

Gumonlanuvchilarning har ikkalasi ham protsessual tartibda qo‘lga olingan.

Qashqadaryo viloyati prokuraturasining xabar berishicha, Chiroqchi tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i S.Umarov va uning jinoiy sherigi pora olish jarayonida ushlangan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilar protsessual tartibda qo‘lga olingan.

«Chiroqchi tumani IIO FMB YHXB boshlig‘i S.Umarov va uning jinoiy sherigi pora olish jarayonida qo‘lga tushganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan», deyiladi viloyat prokuraturasi xabarida.

Avvalroq Muborak tumani IIB boshlig‘i Xo‘janazar Bahriyev ham pora olish jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qo‘lga olingandi.

U fuqaroga 80 ming dollar evaziga 1000 gektar yer olib berishni va’da qilib, 50 ming dollar olayotganda qo‘lga olingan Mirishkor tumani hokimining o‘rinbosari U.Yaxshiyev bilan jinoiy til biriktirganlikda ayblangan. 2022 yil 11 fevral kuni Xo‘janazar Bahriyev Jinoyat protsessual kodeksining 210-moddasi tartibida gumonlanuvchi sifatida ushlangan.

Top