20:27 / 12.03.2022
9605
Kongoda poyezd ag‘darilishi oqibatida 60 kishi halok bo‘ldi

Xabarlarga ko‘ra, 10ta vagondan iborat tarkib tepalikka ko‘tarilayotgan vaqtda ag‘darilib, jarlikka qulagan.

Kongo janubi-sharqida poyezd relsdan chiqib ketishi natijasida 60 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda "Sinxua" agentligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, mavjud taqiqqa qaramasdan odam tashigan yuk poyezdi Lualaba provinsiyasida halokatga uchragan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida 60 kishi halok bo‘lgan.

7Sur7 portalining xabariga ko‘ra, 10ta vagondan iborat tarkib tepalikka ko‘tarilayotgan vaqtda ag‘darilib, jarlikka qulagan.

Top