12:17 / 14.03.2022
22811
Samarqandda prokuror tuman hokimi bo‘ldi

Samarqand tumaniga viloyat prokurori o‘rinbosari hokim bo‘lgan.

Foto: Samarqand viloyati hokimligi

Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, bugun, 2022 yil 14 mart kuni Samarqand tumani hokimligida o‘tkazilgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rilgan.

Sessiyada deputatlar tomonidan Usmonov Sirojiddin Xayrullayevich nomzodi Samarqand tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan.

Sirojiddin Xayrullayevich Usmonov 1979 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Mazkur tayinlovga qadar Samarqand viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Ma’lumot uchun, 2019 yil 30 iyuldan buyon Samarqand tumaniga rahbarlik qilib kelgan Nosir Mavlonov 2022 yil fevralida prezident ishtirokidagi yig‘ilishda ishdan olingandi.

Shuningdek, bugun xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari tomonidan Nurobod tumaniga ham hokim tasdiqlangan.

Avvalroq Samarqand viloyatining PayariqOqdaryo va Bulung‘ur tumanlarida ham yangi hokimlar ish boshlagandi.  

Mavzuga oid
Top