Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berişiça, bugun, 2022 yil 14 mart kuni Nurobod tumani hokimligida ötkazilayotgan xalq deputatlari tuman Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida taşkiliy masala körilgan.

Sessiyada deputatlar tomonidan Yöldoşev Şerali Mamaraimoviç nomzodi Nurobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan.

Şerali Yöldoşev 1971 yilda Samarqand viloyati, Kattaqörğon tumanida tuğilgan. Mazkur tayinlovga qadar u xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengaşi kotibiyati mudiri lavozimida faoliyat olib borgan.

Ma’lumot uçun, 2017 yil yozidan buyon Nurobod tumaniga rahbarlik qilib kelgan Faxriddin Zoirov 2022 yil fevralida prezident iştirokidagi yiğilişda işdan olingandi.

Eslatib  ötamiz, yanvar oyida Nurobod tumanidagi maktab öquvçisiga olimpiadadagi iştiroki uçun hokimiyat tomonidan eski noutbuk berilişi voqeasi şov-şuv bölgan, bu voqea ortidan qator mutasaddilar, jumladan tuman hokimi örinbosari işdan ketgandi.

Avvalroq Samarqand viloyatining Payariq, Oqdaryo va Bulunğur tumanlarida ham yangi hokimlar iş boşlagandi.