Bugun, 12 avgust kuni xalq deputatlari Payariq tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi ötkazildi.

Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov qatnaşgan sessiyada taşkiliy masala körildi.

2019 yildan buyon tumanga rahbarlik qilgan Dilşod Musinov öz arizasiga köra lavozimidan ozod etildi.

Şu paytgaça Samarqand viloyati qişloq xöjaligi boşqarmasi boşliği vazifasida işlab kelgan Zafar Avazoviç Ergaşev Payariq tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Payariq tumanidagi sektor rahbarlari ham vazifasidan ozod etilgan. Sessiyada tumanga yangi prokuror, IIB boşliği hamda Davlat soliq inspeksiyasi rahbari tayinlangani ma'lum qilingan.

Bundan oldinroq Buxoro viloyatining Ğijduvon tumanida, Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida hamda Xorazm viloyatining Xiva tumanida hokimlar almaşgani xabar qilingandi.