Samarqand viloyati Oqdaryo tumaniga yangi hokim tayinlangan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Bugun, 22 dekabr kuni Oqdaryo tumanida xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi ötkazilgan va unda taşkiliy masala körilgan.
Oqdaryo tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Najmiddin Sulaymonov boşqa işga ötişi munosabati bilan öz arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etilgan.
Sessiyada deputatlar tomonidan Şerzod Qudratov nomzodi Oqdaryo tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan.
Mazkur tayinlovgaça Ş.Qudratov Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyati hududiy boşqarmasi boşliği lavozimida faoliyat olib borgan.
Eslatib ötamiz, bugun Bulunğur tumaniga ham yangi hokim tayinlangan. Şuningdek, Buxoro viloyati Romitan tumani, Namangan viloyati Kosonsoy tumaniga ham yangi hokim tayinlangan.

















