08:48 / 26.03.2022
5781
O‘zbekiston ikki oyda 164 ming tonna meva va sabzavotlarni xorijga sotdi

O‘zbekiston 2 oyda qancha meva va sabzavotlar eksport qilgani ma’lum bo‘ldi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Foto: Kun.uz

Qo‘mitaning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-fevral  oylarida O‘zbekiston qiymati 113,7 mln dollarga teng bo‘lgan 164 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan. 

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 33 ming tonnaga oshgan. 

Yanvar-fevral oylarida eksport qilingan meva va sabzavotlar hajmi quyidagicha:  

  • meva va rezavorlar – 19,2 ming tonna;
  • quritilgan meva va rezavorlar – 8,7 ming tonna;
  • sabzavotlar – 100,4 ming tonna; 
  • qalampir – 2,6 ming tonna; 
  • pomidor – 12,5 ming tonna; 
  • uzum – 9,5 ming tonna;
  • mayiz – 15,2 ming tonna;
  • yeryong‘oq – 4,2 ming tonna;
  • tarvuz-qovun – 337 tonna.

Bundan oldin O‘zbekiston importida eng yuqori ulushga ega 10 ta davlat ma’lum qilingandi.

Top