Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston importida eng yuqori ulushga ega 10 ta davlat ma’lum qilindi
O‘zbekiston qaysi davlatlardan eng ko‘p import qilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Foto: Shutterstock
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar orasida Xitoy va Rossiya yetakchilik qilmoqda. Xitoydan 1 mlrd dollarlik, Rossiyadan esa 905,2 mln dollarlik mahsulotlar import qilingan.
Shuningdek, importda yuqori ulushga ega bo‘lgan qolgan davlatlar quyidagicha:
- Qozog‘iston – 478,5 mln;
- Koreya – 395,7 mln;
- Turkiya – 282,8 mln;
- Germaniya – 162,3 mln;
- Hindiston – 92,4 mln;
- Turkmaniston – 90 mln;
- Ukraina – 77,9 mln;
- Braziliya – 65,2 mln AQSh dollari.
O‘zbekiston eksportidagi top-10 davlat ham ma’lum qilindi. Statistika qo‘mitasiga ko‘ra, yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar:
- Rossiya – 346,8 mln;
- Xitoy – 310,5 mln;
- Turkiya – 238,4 mln;
- Qozog‘iston – 141,7 mln;
- Qirg‘iziston – 115 mln;
- Afg‘oniston – 94,6 mln;
- Tojikiston – 65,3 mln;
- Ukraina – 36,1 mln;
- Eron – 23,7 mln;
- Turkmaniston – 18,8 mln AQSh dollari.
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 8,7 mlrd AQSh dollariga teng bo‘ldi.
Mavzuga oid
14:58 / 14.01.2026
O‘zbekistonda sug‘urta xizmatlari bozori keskin o‘sish qayd etdi
09:22 / 14.01.2026
Repetitorlik, til kurslari va bog‘cha xizmatlari qimmatlashdi
13:23 / 13.01.2026
Qozog‘iston kapitali ishtirokidagi korxonalar: eng katta ulush savdoda
15:21 / 12.01.2026