O‘zbekiston va Turkiya harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

Foto: Turkiya Milliy mudofaa vazirligi
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida kengaytirilgan harbiy hadli bitim imzolandi. Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligi bayonotida aytiladi.
Hujjat ikki davlat harbiy idoralari rahbarlari – Bahodir Qurbonov va uning hamkasbi Hulusi Akar tomonidan imzolangan.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an so‘zlaridan iqtibos keltirdi.
Turkiya rahbarining aytishicha, ikki mamlakat o‘rtasida mudofaa tizimini yanada rivojlantirish kelishib olingan.
«Yana bir salohiyatli soha — mudofaa sanoati. Bugun imzolangan bitimlarda ham mudofaa tizimini yanada rivojlantirishga kelishib olindi», degan Turkiya prezidenti.
Bundan oldin O‘zbekiston va Turkiya hamkorligini kengaytiruvchi 9 ta hujjat imzolangandi.
Ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkiya hamkorligini yanada kengaytirishga qaratilgan 9 ta hujjat imzolandi.
Jumladan:
- imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim;
- davlat chegaralari orqali tovarlar va transport vositalarining o‘tishi haqida oldindan axborot almashish to‘g‘risidagi bayonnoma;
- mehnat va bandlik sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi;
- sud ekspertizasi sohasida hamkorlik memorandumi;
- qurilish sohasida anglashuv memorandumi;
- Sog‘liqni saqlash vazirliklari o‘rtasida 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan harakatlar rejasi;
- O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan Turkiyaning “Anadolu” agentligi o‘rtasida hamkorlik bitimi.
Tavsiya etamiz
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kadastr agentligi Andijon tumani bo‘limi sobiq boshlig‘i ushlandi
O‘zbekiston | 16:17
-
Namanganda YPX xodimlari noqonuniy olib ketilayotgan 360 ta iPhone’ni “qo‘lga oldi”
O‘zbekiston | 16:14
-
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52
-
Yaponiya o‘zbekistonlik haydovchilar uchun mehnat bozorini ochmoqda
O‘zbekiston | 15:20
Mavzuga oid

18:19 / 09.04.2025
O‘zbekiston fuqarolari Turkiyada yashash uchun ruxsatnoma egalari orasida yetakchilar qatorida

17:01 / 08.04.2025
Erdo‘g‘an muxolifat partiyasi yetakchisini sudga berdi

14:50 / 07.04.2025
Turkiya muxolifati Imomo‘g‘lining hibsga olinishiga qarshi namoyishlarni davom ettiradi

14:15 / 07.04.2025