Kadastr agentligi Andijon tumani bölimi sobiq boşliği A.M. hamda sobiq xodimi S.O. 10 ming dollar olayotganida uşlandi. Bu haqda Andijon viloyati prokuraturasi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, ular Andijon tumanidan boğdorçilik uçun ajratilgan 1 gektar yer maydonini Respublika Kadastr palatasida işlovçi tanişlari orqali turar joy sifatida toifasini özgartirib, kadastr hujjatlarini rasmiylaştirib berişni aytgan.
Holat yuzasidan A.M. va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a,b» bandlari, 28,211-moddasi 2-qismi «a,b» bandlari bilan jinoyat işi qözğatilib, protsessual tartibda uşlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

















