19:27 / 01.04.2022
33532

Dilshod Eshnayev ishdan ketdi. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Kun.uz

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari Dilshod Eshnayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Hukumatning tegishli qarori  bilan Dilshod Omonqulovich Mamatqulov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari — Diniy-ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish axborot-tahlil markazi direktori etib tayinlandi. 

Dilshod Mamatqulov tayinlovga qadar Samarqand viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari edi.

Dilshod Mamatqulov / Samarqand viloyati hokimligi

Ma’lumot uchun, muqaddam Davlat xavfsizlik xizmatida ishlagan Dilshod Eshnayev 2019 yil sentabrida Nuriymon Abulhasan o‘rniga Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Mavzuga oid
Top