Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita raisining örinbosari – Diniy ijtimoiy jarayonlarni örganiş axborot-tahlil markazi direktori tayinlandi.
Adliya vazirligi xabariga köra, Dilşod Muhitdinoviç Eşnayev Din işlari böyiça qömita raisining örinbosari – Diniy ijtimoiy jarayonlarni örganiş axborot-tahlil markazi direktori lavozimini egalladi.
Dilşod Eşnayev bungaça Davlat xavfsizlik xizmati tizimida işlagan. 2018 yil prezident farmoniga köra «Sodiq xizmatlari uçun» medali bilan taqdirlangan.
Bundan oldin, Din işlari böyiça qömita raisi Jasur Akromov, rais örinbosari - Diniy-ijtimoiy jarayonlarni örganiş axborot-tahlil markazi direktori Nuriymon Abulhasan boşqa işga ötişi munosabati bilan öz lavozimidan ozod etilgandi.
Avvalroq, DXX tizimida mehnat qilgan Abduğofur Ahmedov Din işlari böyiça qömitaning yangi rahbari etib tayinlangani xabar berilgandi.
Ma'lumot uçun, hukumat tomonidan 2004 yil 23 apreldagi 196-son qaror bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita töğrisidagi nizomga muvofiq, Qömita har bir şaxsning vijdon va diniy e'tiqod erkinligi huquqi, fuqarolarning dinga bölgan munosabatidan qat'i nazar tengligini ta'minlaş, şuningdek diniy taşkilotlar faoliyati bilan boğliq munosabatlarni tartibga soliş sohasidagi vazifalarni hal etiş vakolati berilgan davlat boşqaruvi organi hisoblanadi.













