16:38 / 13.04.2022
13795

Buxoro viloyat sudi raisining yana bir o‘rinbosari qasamyodini buzgani uchun lavozimidan olindi

U iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimida ishlagan.

Prezidentning tegishli farmoyishi bilan sudyalik qasamyodini buzganligi uchun Buxoro viloyat sudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Aziz Sadirov lavozimidan ozod etilib, sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi. Bu haqda Sudyalar Oliy kengashi ma’lum qildi.

Aziz Sadirov o‘tgan 15 kun mobaynida Buxoro viloyati sudi raisining qonuniylikni buzgani uchun lavozimidan ozod etilgan ikkinchi o‘rinbosari bo‘ldi.

Avvalroq Buxoro viloyati sudi raisining o‘rinbosari — jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Ro‘ziyev Suxandiyor Gadoyevich ham lavozimidan ozod etilib, sudyalik vakolatlari muddatidan avval tugatilgandi.  

Mavzuga oid
Top