09:47 / 15.04.2022
4578
Sardor Abdullayev va Bahodir Mirusmonov «Uzbekistan Airpors» boshqaruvi raisiga o‘rinbosar etib tayinlandi

«Uzbekistan Airpors» AJda personal va axborot texnologiyalari bo‘yicha rais o‘rinbosarlari tayinlandi. 

Foto: Getty Images

Sardor Abdullayev «Uzbekistan Airpors» AJ boshqaruvi raisining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchisi Sardor Abdullayev o‘z faoliyatini Toshkent moliya boshqarmasida boshlagan. U bir necha yil davomida Vazirlar Mahkamasining axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalar va axborot xavfsizligi departamentida ishlagan. 

Sardor Abdullayev 2020 yildan 2022 yilgacha Toshkent shahar hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan.

Bahodir Mirusmonov «Uzbekistan Airpors» AJ boshqaruvi raisining personal bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 

Bahodir Mirusmonov O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Davlat xizmatchilari faoliyatini monitoring qilish va baholash departamenti mudiri lavozimida ishlagan. 

U Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati institutini tamomlagan, Davlat statistika qo‘mitasi hamda O‘zbekiston prezidenti devonida faoliyat yuritgan.

Mavzuga oid
Top