20:07 / 30.04.2022
16769

AQSh rossiyalik mutaxassislar uchun viza berishni soddalashtirmoqchi 

Mazkur chora fan, texnologiya, mashinasozlik va matematika sohalarida AQSh yoki boshqa mamlakatlarda magistrlik yoxud doktorlik darajasini olgan rossiyaliklarga taalluqli bo‘ladi. 

Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Qo‘shma Shtatlarga ko‘chib o‘tishni istovchi oliy ma’lumotli rossiyaliklar uchun ayrim viza talablarini bekor qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Bloomberg o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Takliflardan biriga ko‘ra, rossiyaliklar uchun ishchi viza olishda ish beruvchining bo‘lishi talab qilinmaydi. Ushbu g‘oya Kongressga yuborildi, deb ta’kidlaydi Bloomberg.

Mazkur chora fan, texnologiya, mashinasozlik va matematika sohalarida AQSh yoki boshqa mamlakatlarda magistrlik yoxud doktorlik darajasini olgan rossiyaliklarga taalluqli bo‘ladi.

AQSh milliy xavfsizlik kengashi vakilining so‘zlariga ko‘ra, Vashingtonning maqsadi Rossiyaning yuqori texnologiya resurslari va texnologik bazasini zaiflashtirish hamda AQSh iqtisodiyoti va milliy xavfsizligini mustahkamlashdan iborat.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya Ukrainada «maxsus harbiy operatsiya» boshlagandan bir hafta o‘tib mamlakatni 50 ming – 70 ming nafar IT-mutaxassislar tark etgan. Ularning ayrimlari O‘zbekistonga ko‘chib kelgan

Top